24 Mart 2021 yil 507

Firibgar ishi fosh bo'ldi

Termiz shahrida 2021 yilning 16 mart kuni, shaharning "O'zbekiston" mahallasida yashovchi, A.Z. ismli ayol shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2018 yil fevral oyida, shaharning "Guliston" mahallasida yashovchi, o.X. Termiz shahar hududida qurilgan uylardan 3 ta savdo do'koni olib beraman deb aldab, 86.600 (sakson olti ming olti yuz) AQSh dollari va 290.000.000 (ikki yuz to'qson million) so'm pulini olib, o'zlashtirib ketganligini bildirgan. 16 mart kuni uzoq vaqtdan buyon firibgarlik yo'li bilan boylik orttirish maqsadida olgan pullarini qaytarib bermasdan kelayotgan o.X.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech