Firibgar ijtimoiy tarmoq orqali bergan e'loni asosida, o'zganing pulini o'zlashtirib ketdi
Muzrabot tumanida 2021 yil 21 oktabr kuni, tuman IIB huzuridagi tergov bo'limidan tushgan hujjatlarga ko'ra, tumanning "Chegarachi" mahallasida yashovchi, S.Soat tuman IIBga murojaat qilib, unda 5 iyul kuni Telegram ijtimoiy tarmog'idagi sotuvga qo'yilgan avtoulovlarni e'lon qiladigan Telegram kanali orqali Neksiya rusumli avtoulovini sotuvga qo'yganligini, avtoulovni sotuvga qo'ygan shaxs unga sotishini aytib, plastik kartasiga pul tashlab berishini bildirganligi sababli 5 iyul kuni 2.000.000 (ikki million) so'm va 8 iyul kuni 2.160.000 (ikki million bir yuz oltmish ming) so'm miqdordagi pulni uning plastik kartasiga tashlab berganligini, shundan so'ng telefon raqamini o'chirib tashlaganligini bildirgan. Tumani IIB Jinoyat qidiruv bo'limi va IIV tezkor-qidiruv hamkorlik boshqarmasi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri natijasida ushbu shaxs, Andijon viloyati Andijon tumanida yashovchi, g.Gulboy ekanligi aniqlangan. 21 oktabr kuni G.Gulboyga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati