25 Aprel 2022 yil
381
Firibgar Germaniyaga o‘qishga kiritishni va’da qilib, pullarni o‘zlashtirib ketganligi ma’lum bo‘ldi
Termiz shahrida 2022 yil 11 aprel kuni shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, Samarqand viloyatida yashovchi, muqaddam firibgarlik jinoyatini sodir etib sudlangan, J.Otaxon (ism shariflar o‘zgartirilgan) 2021 yil dekabr oyida, shaharning “A.Avloniy” mahallasi hududida tanishi, Angor tumanida yashovchi, K.Raximni Germaniya Davlatiga o‘qishga yuborishini va’da qilib, undan 3000 (uch ming) AQSH dollar pullarni firibgarlik yo‘li bilan olib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan. 11 aprel kuni J.Otaxonga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati