15 Avgust 2022 yil 509

Firibgar folbinlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Muzrabot tumanida 2022 yil 4 avgust kuni tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasining xabariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida yashovchilar, S.Suhayla (ism shariflar o‘zgartirilgan) O.Dilkusho va Andijon viloyatida yashovchi, Yu.Basiralar 28 may kuni, tumanning “Fayzobod” mahallasida yashovchi, K.Ijobatning ishonchiga kirishib, “farzandingiz og‘ir kasal davolab beramiz”-deb, 500.000  (besh yuz ming) so‘mlik “Samsung J2” rusumli telefoni, 2.500.000 (ikki million besh yuz ming) so‘mlik bir juft tilla ziragi va 100.000 (bir yuz ming) so‘m pullarini olib ketganligi aniqlangan. 4 avgust kuni O.Dilkusho, S.Suhayla va Yu.Basiralarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech