30 Iyul 2021 yil
583
Firibgar "elektron savdo" orqali er olib berishni va'da qildi
Oltinsoy tumanida 2021 yil 24 iyul kuni tuman IIB huzuridagi tergov bo'limidan tushgan hujjatlarga ko'ra, Termiz shahar at-Termiziy ko'chasida yashovchi, T.Hojiakbar, tumanning "Gulobod" mahallasida yashovchi, Sh.Jahongirga tumanning "Halqabod" mahallasi hududida joylashgan fermer xo'jaligi dala maydonidan tijorat binosi qurish uchun 0,80 sotix er maydonini 21 000 000 (yigirma bir million) so'm pul evaziga "elektron savdo" orqali olib berishini aytib, 2020 yil 15 dekabr kuni ushbu pullarini olib, o'zining ehtiyojiga ishlatib yuborganligi aniqlangan. 24 iyul kuni T.Hojiakbarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati