21 Fevral 2022 yil 428

Firibgar, Damas olib berishni va'da qildi, ammo...

2022 yil 1 fevral kuni Sho'rchi tumanida yashovchi, S.Solijon (ism shariflar o'zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil 25 noyabr kuni Xorazm viloyati Urganch tumanida yashovchi, M.Matyoqub unga Xorazm viloyatidan yangi "Damas" rusumli avtomashina olib kelib berishni va'da qilib 78.300.000 (yetmish sakkiz million uch yuz ming) so'm pullarni Sho'rchi tumani hududida olib, bergan va'dasini bajarmasdan ushbu pullarni o'zining ehtiyojiga ishlatib yuborganligini bildirgan. 6 fevral kuni M.Matyoqubga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech