10 Noyabr 2021 yil 386

Firibgar bir yuz qirq tonnadan ziyod un mahsulotini o'zlashtirgan

Denov tumanida 2021 yil 22 oktabr kuni Buxoro viloyatida yashovchi, I.Shamsi (ism shariflar o'zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil 15 avgustdan 4 sentabr kuniga qadar, o'zi rahbarlik qilib kelayotgan mas'uliyati cheklangan jamiyatdan Uzun tumanida yashovchi, D.Dilmurod va boshqalar jami 144 tonna umumiy qiymati 543.300.000 (besh yuz qirq uch million uch yuz ming) so'mlik un mahsulotlarini olib, pullarini qaytarmasdan o'zlashtirib ketganligini ma'lum qilgan. 26 oktabr kuni D.Dilmurodga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech