Firibgar bankda garovda turgan "ISUZI"ni sotganligi ma'lum bo'ldi
Qumqo'rg'on tumanida 2021 yil 26 iyul kuni, tuman IIB TB tushgan hujjatlarga ko'ra, tumanning "Arpapoya" mahallasida yashovchi, ma'suliyati cheklangan jamiyat boshlig'i, yu.Mansur 2020 yil 24 iyun kuni, Jarqo'rg'on tumani "Mustaqillik" mahallasida yashovchi, I.Jo'rabekka MChJga qarashli "ISUZI" rusumli, avtoulovini 620.000.000 (olti yuz yigirma million) so'mga baholab, undan 409 000 000 (to'rt yuz to'qqiz million ) so'm pullarni olib, qolgan pullarni 1 yil davomida berishi va avtoulovini uning nomiga rasmiylashtirib berishga kelishib sotib yuborib, ushbu avtoulov B.Yuldashevning bankdan olgan krediti evaziga garovda turgan bo'lsada, ushbu kredit mablag'larini to'lamasdan, I.Jo'rabekdan olgan pullarni o'z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi natijasida 2021 yil 28 may kuni ushbu "ISUZI" rusumli, avtoulov bank xodimlari tomonidan yu.Mansurning kredit qarzdorligini so'ndirish uchun olib qo'yilganligi aniqlangan. 26 iyul kuni yu.Mansurga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati