24 Dekabr 2021 yil 460

Firibgar avtomashinani sotishini aytib, pullarni o'zlashtirb ketdi

Termiz tumanida 2021 yil 28 noyabr kuni, tumanning "Ayritom" mahallasida yashovchi, D.Bahriddin (ism shariflar o'zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda o'ziga tanish bo'lgan, Muzrabot tumani "Yurtim jamoli" mahallasida yashovchi, K.Javohir 2021 yil oktabr oyi oxirlarida, o'z boshqaruvidagi mas'uliyati cheklangan jamiyatga tegishli bo'lgan 2020 yilda ishlab chiqarilgan, Spark rusumli, avtomashinani lizing asosida olganligini va 18 000 000 (o'n sakkiz million) so'm puli qolganligini, ushbu avtomashinani 90 000 000 (to'qson million) so'mga sotishini va nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, 2021 yil noyabr oyida 3.300 (uch ming uch yuz) AQSh dollarini olib, o'zlashtirib ketganligini ma'lum qilgan. 13 dekabr kuni K.Javohirga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech