23 Dekabr 2021 yil
409
Firibgar, avtomashina olib berishni va'da qildi
Sherobod tumanida 2021 yil 13 dekabr kuni tuman IIB huzuridagi tergov bo'linmasining xabariga ko'ra, tumanning "Galaguzar" mahallasida yashovchi, S.Sardor (ism shariflar o'zgartirilgan) tuman IIBga bergan arizasida, 2020 yil 20 may kuni tumanning katta hayot" mahallasi hududida joylashgan choyxonada, oldindan tanish bo'lgan Qashqadaryo viloyati "Nishon" tumanida yashovchi, Ya.Yarash "Neksiya-3" rusumli avtomashina olib beraman!"-deb, 48.000.000 (qirq sakkiz million) so'm pullarini olib, o'zlashtirib ketganligini ma'lum qilgan. 13 dekabr kuni Ya.Yarashga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati