Firibgar arzon tsiment olib berishni va'da qildi
Termiz shahrida 2021 yil 18 may kuni, shahar TBning xabariga ko'ra, Termiz shahrida yashovchi D.Yodgor 2020 yil iyun oyida, shaharda yashovchi, Sh.Umidaxonga "arzon tsement olib beraman!"- deb, 200.000 so'm pulini, 12 aprel kuni, Angor tumani "yuqori Tallashqon" mahallasida yashovchi, X.Shamsiddinga "xomilador xotinim uchun dorilar olaman!"- deb, 450.000 (to'rt yuz ellik ming) so'm pulini, 19 aprel kuni, shaharning "Majnuntol" mahallasida yashovchi, S.Zayniddinga "arzon dizel yoqilg'isi olib beraman!"- deb, 450.000 (to'rt yuz ellik ming) so'm pulini o'zlashtirib ketganligi aniqlangan. 18 may kuni D.Yodgorga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qism "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati