2 Iyun 2022 yil
591
“Fidokor yoshlar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
Fuqarolarning osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash hamda jamoat tartibini saqlashda ichki ishlar organlariga ko‘maklashayotgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhi a’zosi ko‘rik-tanlovining bugun, 2 iyun kuni Sherobod tumani bosqichi bo‘lib o‘tdi. Sherobod tuman IIB hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tanlovda, tumandagi mahallalarning “Qalqon” jamoalari sardorlari ishtirok etishdi.
To‘singa (turnik) tortilish, 3 km hamda 100 m masofaga yugurish shartlaridan iborat bo‘lgan tanlov qizg‘in tarzda kechdi.
G‘olib va sovrindorlar esa tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari O‘.Shukurov tomonidan taqdirlandi. Natijalarga ko‘ra, “Oltin voha”, "Mehrobod" hamda "Qulluqsho" mahallalari tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etishadi.