27 Aprel 2022 yil
438
Fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan yer joyni pullamoqchi bo‘lgan shaxs IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbirda qo‘lga olindi
Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumoti hamda Sariosiyo tumanida yashovchi fuqaro R.Davronning (ism shariflar o‘zgartirilgan) 2022 yil 18 aprel kuni Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida, chorvachilik qilish maqsadida yer sotib olish uchun Denov tumaniga borganida, “Chori” ismli shaxs 27 sotix yer maydoni borligini, har bir sotixini 900 (to‘qqiz yuz) AQSH dollaridan jami 24.300 (yigirma to‘rt ming uch yuz) AQSH dollariga sotishga kelishganligini va bu sotiladigan yer joyni so‘rab surishtirganida “Chori” ismli shaxs tomonidan dehqon fermer xo‘jaligiga qarashli bo‘lgan sug‘orilidigan yer maydonini noqonuniy ravishda egallab olinganligi ma’lum bo‘ladi. Shu sababli pul talab qilib tamagirlik qilayotgan “Chori” ismli shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur arizaga asosan, 2022 yil 25 aprel kuni soat 18:35 larda Surxondaryo viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro Sh.Chori Sariosiyo tumani markazida talab qilingan 24.300 (yigirma to‘rt ming uch yuz) AQSH dollari miqdoridagi pullardan 14.900 (o‘n to‘rt ming to‘qqiz yuz) AQSH dollari hamda 1.000.000 (bir million) so‘m miqdoridagi kimyoviy ishlov berilgan pullarni olgan vaqtida, tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olinib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan, hozirda Sariosiyo tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati