Fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan yer maydonini sotishni reja qilgan ayol jinoyat ustida qo‘lga olindi
Qumqo‘rg‘on tumanida 2023 yil 29 mart kuni, tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, 15 mart kuni viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi va tuman IIB TQX Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan tumanning “Navbahor” mahallasi hududida o‘tkazilgan tadbirda, Termiz shahrida yashovchi, V.Oqila (ism shariflar o‘zgartirilgan) mijoz sifatida jalb qilingan Uzun tumanida yashovchi, J.Xamidning ishonchiga kirib, tumandagi fermer xo‘jaligiga qarashli bo‘lgan “sug‘oriladigan 40 sotix yer maydonini 60.000.000 (oltmish million) so‘mdan sotaman”- deb, 150.000.000 (bir yuz ellik million) so‘m pulni olgan vaqtida ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 29 mart kuni V.Oqilaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati