23 Yanvar 2025 yil 546

Faoliyatini boshlash uchun litsenziya olishga da’vogar o‘quv tashkilotlari ko‘rikdan o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vaziri o‘rinbosari general mayor Bekmurod Abdullaevning reja-topshirig‘iga asosan Vazirlar Mahkamasining 408-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan viloyat hududida “Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash” faoliyati bilan shug‘ullanuvchi o‘quv tashkilotlarini normativ-huquqiy hujjatlar talabiga mosligi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

Boshqarma boshlig‘i tomonidan viloyatdagi bir nechta o‘quv tashkilotlarida tashkil etilgan moddiy-texnik va o‘quv metodik bazalari ko‘rikdan o‘tkazilib, natijalari bo‘yicha xulosalar tayyorlanib, ma’lumotlar IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga taqdim etilmoqda.

Text to speech