28 Oktyabr 2022 yil 377

Faxriylarga “Tergov xizmati faxriylari” kitobi sovg‘a qilindi

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti, Surxondaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyatining tashabbusi hamda “25-oktabr Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan Surxondaryo viloyat IIB tergov organlarida namunali xizmat qilib, nafaqaga chiqqan faxriylar D.Saidov, X.Shernaev, M.Mahammadiev, M.Qurbonov, R.Tursunov va Ch.Qoraqulovlar munosib sharaflandi.

Faxriylarga dastlab Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Ya.A.Abdulxakovning bayram munosabati bilan yuborgan tabrigi o‘qib eshittirildi va Tergov departamenti tomonidan nashr etilgan “Tergov xizmati faxriylari” kitobining 2-jildi hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Ko‘rsatilgan e’tibordan faxriylarning ko‘ngillari shod bo‘lib, o‘zlarining minnatdorchiligini bildirishdi.

Text to speech