Faxriy ustozlar doimo e’tibor va e’zozda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov
departamenti hamda Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasining tashabbusi
bilan "25-oktabr Ichki ishlar organlari xodimlari kuni" munosabati bilan
tergov organlarida uzoq yillar sharafli xizmat qilgan hamda hozirgi vaqtda ham ko‘plab
shogirdlarga o‘zlarining ustozlik o‘gitlarini berib kelayotgan iste’fodagi podpolkovniklar
Xolmo‘min Shernaev, Mahmadvali Mahammadiev, Avaz Muzafarov hamda iste’fodagi mayor
Xayitmurod Rasulovlarning xonadonlariga borilib, bayram arafasida holidan xabar
olindi.
Ustozlarga Tergov departamenti tomonidan chop
etilgan, Tergov tizimida fidokorona xizmatlari aks ettirilgan “Tergov xizmati faxriylari”
nomli kitobining 3-jildi hamda tabriknomalar viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari
Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik X.Atanazarov tomonidan tantanali ravishda
topshirildi.
Ko‘rsatilgan e’tibordan ustozlarning ko‘ngillari
shod bo‘lib, vatanga xizmat qilish yo‘liga otlangan yosh xodimlarga o‘zlarining
o‘gitlarini, bilim tajribalarini ulashib, bilim tajribalarini oshirish borasida
doimo kamarbasta ekanliklarini bayon etishib, bayram bilan samimiy muborakbod etishdi.