17 Fevral 2023 yil 358

Yoshlarning shonli tariximizga oid bilimlari oshirilmoqda

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi PQ-10-sonli Qarori ijrosini ta’minlash hamda o‘sib kelayotgan o‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviy va tarixiy bilimlarini oshirish maqsadida, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tashabbusi bilan Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabining bir guruh o‘quvchilari Termiz shahridagi Temir yo‘l vokzali yonida yangi qurib bitkazilgan viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi binosiga tashrif buyurishib, u yerda yaratilgan sharoitlar, boshqarmadagi mavjud zamonaviy texnikalar va situatsion markazi faoliyati bilan tanishtirib o‘tilib, xizmat faoliyati aks ettirilgan bukletlar tarqatildi.

   Shuningdek, maktab o‘quvchilarini Termiz tumani hududida joylashgan “Sulton Saodat” va “Al-Hakim at-Termiziy” majmualariga olib borilib, majmua  tarixi haqida kerakli ma’lumotlar berib o‘tildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech