19 May 2023 yil 190

Yoshlarning muammosi ijobiy hal etilmoqda

 O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2023 yil 31 mart kunidagi “Yoshlar o‘rtasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlarning samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 163-sonli buyrug‘i talablari ijrosini ta’minlash bo‘yicha, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev tomonidan Sho‘rchi tumani hududida istiqomat qiluvchi jami 64 nafar yoshlarning ijtimoiy ahvoli o‘rganildi. Jumladan, Sho‘rchi tumani “Bobur” mahallasida yashovchi Surayyo Turdiqulova o‘zini o‘zi band qilishi uchun tikuvchilik bilan shug‘ullanmoqchiligini va shu orqali daromad topish niyatida ekanligini bildirdi. Uning murojaati ijobiy hal etilib, podpolkovnik Sh.Shadiev tomonidan tikuv mashinkasi taqdim etildi. Yoshlarning muammolarini bartaraf etish chora-tadbirlari davom ettirilmoqda

Text to speech