27 Aprel 2023 yil 308

Yoshlarning ma’naviy va tarixiy bilimlari oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi PQ-10-sonli Qarori ijrosini ta’minlash hamda o‘sib kelayotgan o‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviy va tarixiy bilimlarini oshirish maqsadida, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tashabbusi bilan Termiz shahridagi 6-sonli umumta’lim maktabining bir guruh o‘quvchi yoshlari viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi binosiga tashrif buyurishib, u yerda yaratilgan sharoitlar, boshqarmadagi mavjud zamonaviy texnikalar va situatsion markazi faoliyati bilan tanishishdi.

Shuningdek, maktab o‘quvchilari Termiz tumani hududida joylashgan “Fayoztepa” va “Al-Hakim at-Termiziy” majmualariga sayohat tashkil etilib, ushbu muqaddas maskanda o‘tmishimiz tarixi haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Text to speech