13 Fevral 2023 yil 228

Yoshlarning ma’naviy va tarixiy bilimlari oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi PQ-10-sonli Qarori ijrosini ta’minlash hamda o‘sib kelayotgan o‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviy va tarixiy bilimlarini oshirish maqsadida, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tashabbusi bilan IIV Surxondaryo Akademik litseyining bir guruh o‘quvchilari Termiz shahridagi Temir yo‘l vokzali yonida yangi qurib bitkazilgan viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi binosiga tashrif buyurishdi. U yerda o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, boshqarmadagi mavjud zamonaviy texnikalar, situatsion markazi faoliyati, xodimlar tomonidan amalga oshirib kelinayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar prezentatsiya shaklida tanishtirib o‘tildi.

Shuningdek, IIV Akademik litseyi o‘quvchilarini Termiz tumani hududida joylashgan Sulton Saodat majmuasi hamda Termiz shahridagi “Tarix va madaniyat muzeyi”ga olib borilib, majmua tarixi va muzeyda saqlanayotgan qadimiy asrlarga tegishli bo‘lgan tarixiy buyumlar, noyob san’at asarlari haqida tanishtirib o‘tildi. Bir yo‘la milliy urf-odatlarimiz va tariximiz haqida kerakli ma’lumotlar berib o‘tildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech