23 Fevral 2023 yil 183

Yoshlar o‘rtasida  jinoyatchilikning  oldini olish maqsadida IIB xodimlari joylarda targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda

  Joriy yilning  21- fevral kuni yoshlar o‘rtasida  jinoyatchilikning  oldini olish maqsadida Surxondaryo viloyati IIB JXX JTSB boshlig‘i podpolkovnik Sh.A.Ishmatov va PPXB komandiri mayor X.J.Butaev Termiz Pedagogika unversiteti talabalari bilan uchrashib targ‘ibot ishlari olib borishdi.

 Mana shunday profilaktik targ‘ibot tadbiri Termiz shahridagi 3sonli umumo‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirokida ham tashkil etildi.

 Unda mutasaddilari ishtirokchilarga mamlaktimizda ichki ishlar organlarini xalqchil tuzilmaga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida ma’lumot berishib endilikdan sodir etilgan har qanday jinoyat va huquqbuzarlikka nisbatan qonun ustivorligini ta’minlash barobarida uning sodir etilishi oldini olish  ichki ishlar organlarining qolaversa keng jamoatchilikning eng muhim vazifalaridan biri ekanligini ta’kidlashdi. Samimiy muloqotlar jarayonida ishtirokchilarning savollariga batafsil ma’lumotlar berildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech