18 Mart 2021 yil 559

Eshshak o'g'rilari qo'lga olindi

Qumqo'rg'on tumanida 2021 yilning 4 mart kuni, tumanning "O'zbekiston besh yilligi" mahallasida yashovchilar, A.B. va X.A. hamda tumanning "Xo'jaqishloq" mahallasida yashovchilar, q.I. va Sh.O.lar tuman IIBga ariza bilan murojaat qilishib, unda 6 fevral kunidan 2 mart kuniga qadar bo'lgan vaqt oralig'ida, noma'lum shaxslar ularning molxonasida turgan har biri 2.000.000 (ikki million) so'mlik bo'lgan 4 (to'rt) bosh eshshaklarini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilishgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan tezkor choralar natijasida, ushbu o'g'irliklarni tumanning "O'zbekiston besh yilligi" mahallasida yashovchilar, M.X. va maktab o'quvchisi, voyaga etmagan, J.Sh.lar sodir etishganligi aniqlanib ushlangan va ulardan ashyoviy dalil olingan. Mazkur holat yuzasidan, 12 mart kuni M.X. va J.Sh.larga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
O'g'rilik jinoyatini sodir etgan M.X. hamda J.Sh.lar oson va engil yo'l bilan moddiy mablag'topish maqsadida sodir etganligi, o'g'rilik qilish orqali pul topish qanday eaknligini buning oqibati esa qonun bilan taqiqlanganligini ilgari bilmagan bo'lsa ham endilikda anglab etishi tayin.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech