“Yosh huquqshunos” respublika ko‘rik tanlovining Boysun tuman bosqichi o‘tkazildi.
Mamlakatimizda barkamol avlodni yoshlarni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, yoshlar erishayotgan natijalarni targ‘ib qilish va qo‘llab quvvatlash maqsadida, O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi Boysun tuman bo‘limi, Boysun tuman Ichki ishlar bo‘limi hamda tuman xalq ta’limi bo‘limining 2022 yil 18 may kunidagi qo‘shma qaroriga asosan joriy yilning 27 may kuni Boysun tumani Ichki ishlar bo‘limi binosida “Yosh huquqshunos” respublika ko‘rik tanlovining Boysun tuman bosqichi o‘tkazildi.
“Yosh huquqshunos” respublika ko‘rik tanlovining nizomiga ko‘ra har bir ishtirokchiga 20 ta ona tili va adabiyot, 20 ta O‘zbekiston tarixi hamda 60 ta huquq fanidan test savollari berildi. Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada eng bilimlilari aniqlab olindi.
Unga ko‘ra, “Yosh huquqshunos” respublika ko‘rik tanlovining Boysun tuman bosqichida 7-14 yosh toifasi bo‘yicha Jumanazarova Charos, 14-18 yosh toifasi bo‘yicha Samadov Xolbek, 18-30 yosh toifasi bo‘yicha Turmunov Faxriddinlar faxrli birinchi o‘rinni egallab, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Musobaqa yakunida, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlarga O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi Boysun tuman bo‘limi hamda tuman Ichki ishlar bo‘limining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.