14 Aprel 2021 yil
484
Erto'ladagi velosiped o'g'risi qo'lga olindi
Termiz shahrida 2021 yilning 26 mart kuni, shaharning "Tuproqqo'rg'on" mahallasi, J.J. Termiz shahar bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, unda 23 mart kuni yashash uyi erto'lasida turgan, 750.000 (etti yuz ming) so'mlik "Yaguar" rusumli velosipedni noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar orgnalari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlikni Termiz shahrida yashovchi, S.A. sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 28 mart kuni S.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati