Sherobodlik voyaga yetmaganlar bilan profilaktik suhbat olib borildi
Ichki ishlar organlari
rahbarlari tomonidan otaliqqa olingan 1 million nafar yosh bilan manzilli ishlanmoqda.
Buning uchun ular 7 toifaga ajratilib olinyapti. Joriy yilning 13-mart kuni Voyaga
yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazi rahbari podpolkovnik S.Ochilova
va psixologi katta leytenant M.Jo‘raevalar Sherobod tumanidagi “Oltinvoha” mahallasida
yashovchi yoshlar bilan profilaktik suhbatlar
olib borishdi. 38-maktabda tahsil
olayotgan o‘quvchilar bilan jinoyatchilikni
oldini olish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borildi, Bundan tashqari, mahalladagi
ishsizlar , uzoq muddatdan qaytib kelgan va ijtimoiy himoyaga muxtoj yoshlarning
oilaviy sharoiti va muammolari mahalla
yettiligi hamkorligida manzilli o‘rganib chiqildi