Sherobodlik 20 nafar o‘quvchilarga "Vatan tayanchi" bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik harakati ko‘krak nishoni topshirildi
Prezidentimizning 2022
yil 2 martdagi PQ-150-sonli qarori ijrosi yuzasidan Sherobod tumani IIB boshlig‘i,
3-sektor rahbari podpolkovnik N.Narzullaev tomonidan tumanning "Mehrobod"
mahallasidagi 6-sonli umumta’lim maktabining 20 nafar 11-sinfning namunali o‘quvchilariga
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan yuborilgan guvohnoma va “Vatan
tayanchi” harakatining emblemasi aks etgan ko‘krak nishonlarini topshirish marosimi
bo‘lib o‘tdi.
Tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik N.Narzullaev
maktabning 11-sinf o‘quvchilarga "Vatanparvarlik" mavzusida qizg‘in dars
o‘tib berdi. Shuningdek, namunali o‘quvchilarga tuman IIB boshlig‘ining badiiy kitoblar
jamlanmasi topshirildi va yoshlarni yurtimizda amalga oshirilayotgan keng islohotlardan
xabardor etib, yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga chorladi. Maktab
binosida tashkil etilgan Vatanparvarlik burchagi bilan tanishdi.