11 Oktyabr 2023 yil 1176

Sherobodda probatsiya hisobida turgan shaxslar uchun ochiq sayyor sud majlisi o‘tkazildi.

Joriy  yilning 10 oktabr kuni Sherobod tuman Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi raisi O.Tog‘aev, tuman prokurori o‘rinbosari A.Choriev, Tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi katta inspektori mayor A.Jo‘raevlar tomonidan Sherobod tumanida sayyor sud majlisi o‘tkazildi. 

Sudda insonparvarlik tamoyiliga tayanib, Sherobod tuman Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi hisobida turib, haqiqatda mehnatga halol munosabatda bo‘lgan va jazo o‘tashning tartib qoidalariga rioya qilib, tuzalish yo‘liga o‘tgan, sudlar tomonidan o‘rnatilgan taqiq va cheklovlarga to‘liq rioya qilgan hamda o‘zining xulqini ijobiy tomonga o‘zgartirgan 4 nafar shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari o‘tayotgan jazolaridan shartli ravishda ozod qilindi. 

Shuningdek, sud raisi tomonidan ishtirokchilarga qonunchilikdagi o‘zgartirishlar va sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan yangiliklar borasida ma’ruzalar qilinib, mahkumlarning fikr va mulohazalari tinglandi.

Text to speech