Sherobod tumanidagi qizil toifadagi mahallalarda kameralashtirish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvar kunidagi "2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Sherobod tumani IIB tomonidan kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan mahalla hududlaridagi jamoat joylari, savdo va boshqa mayishiy xizmat ko‘rsatish obe’ktlariga zamonaviy sifati yuqori bo‘lgan (PTZ) kuzatuv kameralari o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Ushbu hududlarni kameralashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar kelajakda sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bilan birga sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izi”da fosh etishga xizmat qiladi.