Sherobod tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Qaroriga muvofiq haftaning har payshanba kuni "Profilaktika
kuni" deb belgilanganligi munosabati bilan Sherobod tumani Madaniyat uyida
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Ismailov Timur
Kamalatdinovich, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Mamadiev
Husniddin Norboevich, tuman hokimi Alimov Usmon Ibrohimovich, sektor rahbarlari,
Sherobod tuman IIB Jamoat xavfsizligi xodimlari, ta’lim muassasa rahbarlari, idora
va tashkilotlar, Yoshlar ittifoqi, tuman Imom xatibi, mahalla yettiligi, tuman IIB
Probatsiya nazorati ostida turgan shaxslar ishtirokida mahallalarda sodir etilayotgan
jinoyatlarni oldini olish, sodir etilgan jinoyatlar muhokamasi, "Obod va xavfsiz
mahalla" tamoyili asosida Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish
mexanizmlarini belgilash yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda viloyat IIB boshlig‘i mamlakatimizda
barcha sohalar singari, ichki ishlar organlari tizimida ham keng islohotlar amalga
oshirilganligi, xodimlar quyi bo‘g‘in, mahalla va ko‘chalarda xizmat olib borib,
aholiga yanada yaqinlashgan holda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida “Mening
mahallamda jinoyat sodir bo‘lmasligi kerak!” degan tushunchaning mazmun-mohiyatini
aholiga keng targ‘ib etish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitga
salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda
bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish, jinoyat va huquqbuzarliklarni
oldini olish borasidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yosh avlodga vatanparvarlik,
mehnatsevarlik, bir birlarini hurmat qilish tuyg‘ularini kuchaytirish yuzasidan
tavsiyalar berildi.
12
oy yakuni bilan tumandagi 48 ta mahallaning 16 tasi qizil toifada qolganligi, bundan
tashqari, tumanda 5 ta Taroqli, Oltinvoha, Buyuk ipak yo‘li, Katta-hayot, Do‘stlik
mahallalari 3 yildan buyon “qizil” toifada saqlanib qolayotganligi tanqid ostiga
olinib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning kelgusida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish,
jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida kelgusida amalga oshirilishi
lozim bo‘lgan chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishildi.
Taqdimotda tuman Milliy gvardiya Qo‘riqlash
bo‘limi tomonidan hududlarni kameralashtirish va qo‘riqlovga olish jarayonlari,
tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan jinoyatchilikni “mahallabay” jilovlashning
yangi tizimi o‘rganildi.
Shuningdek,
tumanda voyaga yetmagan va yoshlar o‘rtasida, oila-turmush munosabatlari doirasida
sodir etilayotgan huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda olib borilayotgan profilaktika
ishlar tanqidiy tahlil qilinib, bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirgan holda tizimli
ishlarni amalga oshirish yuzasidan bir qator taklif va tavsiyalar tinglandi hamda
tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda
so‘z olganlar bugungi kunda yoshlarni ma’naviy dunyoqarashini mustahkamlash, ularni
bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, jinoyat va huquqbuzarlikka qarshi kurashishda
immunitetni shakllantirishda, barcha birdek jonbozlik ko‘rsatib vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash, yurtga muhabbat hissini oshirishda keksa yoshdagi faxriylar ham mas’ul
ekanliklarini bildirishdi.