25 Iyul 2024 yil 300

Sherobod tumanida “Turmush” keng qamrovli profilaktik tadbiri doirasida oilalardagi muammolar o‘rganildi.

Xotin-qizlar o‘rtasida sodir etilgan jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularda huquqiy madaniyat va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga dahldorlik hissini oshirish choralarini ko‘rish, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilgan hamda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning asl sabablarini aniqlash, oilada o‘zaro nizoning aniq tafsilotlarini bilish, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni targ‘ib etish orqali oilalardagi sog‘lom va ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash maqsadida viloyatning Sherobod tumanida joylashgan mahallalardagi oilalar hamda xotin-qizlarning muammolari o‘rganildi.

Muammolarni o‘rganish yakunida, Surxondaryo viloyat hokimi o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z. Xidirova, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik O‘.Eshimova, Sherobod tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Aminova, tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori katta leytenant S.Xudoyqulova, tuman Bosh Imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha otinoyisi G.Sultonova hamda tumanda joylashgan “Taroqli” mahalla raisi B.Yakubov va mahalla xotin-qizlar faoli M.Eshboevalar ishtirokida yig‘ilish tashkil etilib, unda bir qator masalalar o‘rtaga tashlandi.

Yig‘ilish davomida tuman miqiyosidagi Ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turuvchi hamda doimiy tarzda nizolashib kelayotgan oilalarda istiqomat qiluvchi xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish, ularda hayotga bo‘lgan sog‘lom munosabatni rivojlantirish,  jamiyatda yurish-turish qoidalarining huquqiy asoslari bilan tanishtirish, ajrim yoqasidagi oilalarda voyaga yetmagan farzandlar tarbiyasidagi xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik hamda jamiyatda oilalarga qaratilayotgan yuksak e’tibor va imkoniyatlarning yaratilganligi chuqur tahlil qilindi.

Text to speech