Sherobod tumanida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i rahbarligida Prezidentimizning joriy yil 3 yanvar kunidagi PQ-1-sonli Qarorlari ijrosi, tumandagi kriminogen vaziyat tanqidiy muhokama qilindi.
Bugun Sherobod tuman hokimligi binosida Prezidentimizning joriy yil 3 yanvar kunidagi PQ-1-sonli Qarorlari ijrosi doirasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, tumandagi kriminogen vaziyat, sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar muhokamasiga bag‘ishlangan tanqidiy ruhdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov huzurida
o‘tkazilgan muhokama yig‘ilishida, tuman hokimi, prokurori, mahalla yettiliklari,
nuroniylar, mahalla faollari va boshqa mutasaddi tashkilotlar, keng jamoatchilik
vakillari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida, viloyat mas’ullari tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha olib borilgan ishlari va boshqa kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.