20 May 2025 yil
678
Sherobod tumanida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i rahbariligida Prezidentimizning joriy yil 3 yanvar kunidagi PQ-1-sonli Qarorlari ijrosi, “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor profilaktik tadbir yakuni, tumandagi kriminogen vaziyat hamda sodir etilgan o‘ta og‘ir va og‘ir jinoyatlar tanqidiy muhokama qilindi.
Bugun Sherobod tuman hokimligi binosida Prezidentimizning joriy yil 3 yanvar kunidagi PQ-1-sonli Qarorlari ijrosi doirasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, 15 aprel kunidan 15 may kuniga qadar o‘tkazilgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbir yakuni, tumandagi kriminogen vaziyat hamda sodir etilgan o‘ta og‘ir va og‘ir jinoyatlarning kelib chiqish sabab va omillari, bunga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasiga bag‘ishlangan tanqidiy ruhdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Viloyat IIB
boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov huzurida o‘tkazilgan muhokama yig‘ilishida,
"qizil" toifadagi mahalla yettiliklari, nuroniylar, mahalla faollari va boshqa mutasaddi
tashkilotlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish
davomida, viloyat mas’ullari tomonidan mahalla yettiligiga hududlarda jinoyat va
huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha olib borilgan ishlari va boshqa
kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakuniga ko‘ra, muhokama qilingan masalalar bo‘yicha bildirilgan takliflar inobatga olingan holda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar va zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.