8 Iyul 2025 yil
324
Sherobod tumanida profilaktika inspektorlari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan Sherobod tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika inspektorlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2024 yil 30 noyabrdagi 801-sonli qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida, o‘quv-seminar tashkil etildi.
O‘quv-seminari davomida profilaktika inspektorlariga mahalla
yettiligi bilan qaror talablaridan kelib chiqib hamkorlikda amalga oshirilishi lozim
bo‘lgan chora-tadbirlar xususida tegishli tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.
O‘quv-seminari yakunida, profilaktika inspektorlari o‘zlarini qiziqtirgan savollari yuzasidan atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.