Sherobod tumanida Probatsiya nazorati ostidagi shaxslar uchun “Mehnat yarmarka”si tashkil etildi
Joriy yilning 26 sentabr kuni Sherobod tuman IIB Jamoat
xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslarni
qayta kasbga yo‘naltirish va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha mehnat yarmarkasi
o‘tkazildi.
Bunda, nazorat ostidagi 35 nafar shaxslar ishtirok etib,
hududdagi korxona-tashkilot mutasaddilari tomonidan taklif etilgan mavjud bo‘sh
ish o‘rinlari bilan tanishdi.
Probatsiya hisobida turgan shaxslarning 4 nafari “Obodonlashtirish”
boshqarmasiga ishga joylashtirilgan bo‘lsa, yana 2 nafariga qayta kasbga yo‘naltirish
markazlariga tahsil olishlari uchun yo‘llanmalar topshirildi.
Shuningdek, mas’ullar tomonidan tuman
IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi
shaxslarning ijtimoiy-huquqiy muammolari ham o‘rganilib, kelgusida jinoyat ko‘chasiga
kirmaslik va bu borada mamlakatimizda yaratilayotgan shart-sharoitlardan oqilona
foydalanish to‘g‘risida tushunchalar berildi.