Sherobod tumanida Probatsiya hisobidagi yoshlar va tadbirkor uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimiz
tomonlaridan 2024 yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash yili” deb e’tirof
etilganligi hamda IIV rahbariyatining tegishli
buyrug‘iga asosan "Probatsiya oyligi" doirasida yoshlar
bilan ishlash jarayonida ularning muammolarini hal etish, yoshlarga
ijtimoiy moddiy yordamlar ko‘rsatish, ularni jinoyat sodir etmasliklari
uchun har bir yoshga tashkilot va muassasalarni jalb etgan xolda
yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning kelgusida
o‘z yo‘llarini topishlari hamda kasb-hunarga
ega bo‘lishlari uchun barcha chora- tadbirlar ishlab chiqilgan.
Sherobod tumani IIB Jamoat
xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi xisobida turuvchi yoshlar bilan tumanning
“G‘o‘rin-gilambob” mahallasida joylashgan “O.Boymatov” nomli yakka tartibdagi tadbirkorlik
faoliyati bilan shug‘ullanuvchi O.Boymatovning tadbirkorlik muassasasiga borib probatsiya
guruhi hisobida turuvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Ushbu tadbirkorlik muassasasida yoshlar tadbirkorlik faoliyati
sir sinoati bilan tanishish asnosida, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar
olishdi.