Sherobod tumanida “Probatsiya to‘g‘risida”gi qonun targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 7 avgust kunidagi 938-sonli
"Probatsiya to‘g‘risida”gi qonuni targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib
o‘tdi.
O‘tkazilgan uchrashuvda ushbu qonunning mazmun mohiyatini Probatsiya nazorati
ostidagi shaxslarga yetkazish orqali ularning huquqiy ongini yuksaltirish va jamiyatda
o‘z o‘rinlarini topishga ko‘maklashuviga qaratildi.
Uchrashuvda hamkor tashkilotlar va ularga belgilangan vazifalar doirasida
Sherobod tumani IIB rahbariyati tomonidan probatsiya nazorati ostidagi 18 yoshdan
30 yoshgacha bo‘lgan probatsiya nazorati ostidagi shaxslarga qonunda belgilangan
huquq va majburiyatlari shuningdek jazo o‘tash tartibidagi o‘zgarishlar tushuntirib
o‘tildi. Bundan tashqari qonunda belgilangan tartibda hamkor tashkilotlarning probatsiya
nazorati ostidagi shaxslar bilan olib borilishi lozim bo‘lgan vazifalari qonunda
aniq belgilab berilganligi, ularning ijtimoiy moslashish doirasida berilgan savollariga
soha vakillari tomonidan kerakli tushunchalar berib o‘tildi.
Shu o‘rinda Sherobod tumani ichki ishlar bo‘limi jamoat xavfsizligi xizmati
probatsiya guruhida joriy yilning 9 oyi yakuni bilan jami 352 nafar nazorat ostidagi
shaxslar hisobda turgan bo‘lib, ularning 52 nafari 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan
nazoratdagi shaxslarni tashkil etadi.
Shu kunga qadar Sherobod tumani Ichki ishlar bo‘limi probatsiya guruhi tomonidan
jami 99 nafar nafar nazoratdagi shaxslar hisobdan chiqarilgan bo‘lib, ularning aksariyati
yoshlarni tashkil etadi. O‘tkazilgan tadbirda Sherobod tumani kambag‘allikni qisqartirish
va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi ham ishtirok etib, ular tomonidan ishsiz bo‘lgan
nazorat ostidagi yoshlarni qayta kasbga tayorlash bo‘yicha, bepul o‘quv kurslariga
tahsil olish istagi borlarga yo‘llanmalar berildi.
Shundan so‘ng Probatsiya nazoratidagi yoshlar bilan
tumandagi axborot kutubxona markaziga tashrif buyurilib, o‘zlari yoqtirgan kitoblarini
olib o‘qishlari hamda kutubxonaga a’zo bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Probatsiya
to‘g‘risidagi qonun bo‘yicha barcha targ‘ibot tadbirlarining hamkor tashkilotlar
va probatsiya nazorati ostidagi shaxslar o‘rtasida doimiy ravishda o‘tkazilishi
nazoratdagi shaxslarning kelgusida jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishda ushbu qonun asosiy ustun bo‘lishiga imkoniyatlar eshigini
ochishga xizmat qiladi.