Sherobod tumanida Probatsiya hisobida turuvchi shaxslar bilan huquqiy uchrashuv-muloqot tadbiri doirasida ularning ijtimoiy masalalari hal etildi
Joriy yilning 25 sentabr kuni, Sherobod tuman Jinoyat ishlari
bo‘yicha sudi raisi O.Tog‘aev, Tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi
katta inspektori mayor A.Jo‘raevlar tomonidan tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati
Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar bilan huquqiy uchrashuv
o‘tkazildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad kelgusida qayta jinoyat
sodir etilishini oldini olish, nazorat ostidagi shaxslarni huquqiy ongini oshirish
va qonunga itoatkorlik hissini oshirishdan iborat.
Shu sababli soha rahbarlari tomonidan nazorat ostidagi
shaxslarni qiynayotgan masalalari tinglanib huquqiy tushunchalar berildi.
Tadbir doirasida sayyor sud o‘tkazilib,
unda qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan 6 nafar nazorat ostidagi shaxslarga
insonparvarlik tamoyillari qo‘llanilib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
73 moddasiga binoan tayinlangan jazolaridan shartli ravishda ozod etildi.