19 Iyul 2024 yil 495

Sherobod tumanida “Onalik va bolalikni himoya qilish dolzarb masala” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Sherobod tumani xokimligi majlislar zalida Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Oila va xotin qizlar boshqarma boshlig‘i Z.Xidirova, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari O‘.Eshimova, tuman xokimi o‘rinbosari xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Aminova, tuman otinoyisi G.Sultonova, tuman tibbiyot birlashmasi  onalik bolalikni muhofaza qilish bo‘lim boshlig‘i, mahalladagi xotin- qizlar faollari, patronajlar va doya hamshiralar ishtirokida  yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda, ona  sog‘ligini mustahkamlash va sog‘lom bola tug‘ilishiga e’tibor berishni, onalar perinatal va bolalar o‘limini oldini olish va xavf omillari aniqlangan homilador ayollarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish, erta nigoh va voyaga yetmaganlar hamda qarindosh urug‘lar o‘rtasidagi nikoh qurish oqibatida nogiron farzandlar tug‘ilishini oldini olish masalalari bo‘yicha fikr mulohazalar bildirildi.

Text to speech