Sherobod tumanida nazorat ostidagi shaxslar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi
Tezkor- profilaktik
tadbirlarining "Dolzarb 40 kunligi" doirasida, Sherobod tuman IIB
Jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya guruhi
hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslarni kasbga qayta yo‘naltirish va ularning
bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi
tashkil etildi.
Bunda,
nazorat ostidagi 43 nafar shaxslar ishtirok etib, unda aholi bandligiga ko‘maklashish
markazi mutasaddilari tomonidan taklif etilgan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan
tanishdi.
Probatsiya
hisobida turgan shaxslarning 4 nafari mahallalardagi jamoatchilik ishlariga ishga
joylashtirilgan bo‘lsa, yana 2 nafariga qayta kasbga yo‘naltirish markazlariga tahsil
olishlari uchun yo‘llanmalar topshirildi.
Shuningdek, mas’ullar tomonidan tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya
guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslarning ijtimoiy-huquqiy muammolari
ham o‘rganilib, kelgusida jinoyat ko‘chasiga kirmaslik va bu borada mamlakatimizda
yaratilayotgan shart-sharoitlardan oqilona foydalanish to‘g‘risida tushunchalar
berildi.