20 Sentyabr 2025 yil 162

Sherobod tumanida maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Dolzarb 10 kunlik" maxsus profilaktik tadbiri doirasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida “Davomat” hamda “Tig‘” tadbirlari o‘tkazildi

Sherobod tumani Ichki ishlar bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan tumandagi 56-sonli umumtalim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida kibir jinoyatni oldini olish, nazoratsizliklarni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash, bartaraf etish yuzasidan ta’lim tashkilotlarida qonunchilikda belgilangan tartibda “Davomat” hamad “Tig‘” tadbirlari tashkil qilindi.

Shuningdek dars vaqtida o‘quvchilarning nazoratsiz qolishini oldini olish maqsadida ta’lim tashkiloti atrofida joylashgan internet klublari, (kompyuter xonalar) va boshqa ko‘ngil ochar joylarda “O‘quvchi” tadbirini tashkil etish orqali o‘quvchilar o‘rtasida keng tarqalishi mumkin bo‘lgan alkogolizm, chekish, giyohvandlik, zaxarvandlik va psixotropik yoki aql-iroda faoliyatiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar ta’siriga tushib qolishini oldini olish hamda noqonuniy avtotransport vositalarini boshqarishning salbiy oqibatlari tushuntirildi.

Text to speech