15 Dekabr 2023 yil 650

Sherobod tumanida ijtimoiy-huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlarning muammolari o‘rganildi.

Surxondaryo viloyat xokimining o‘rinbosari Z.Xidirova, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari O‘.Eshimova, tuman xokimining o‘rinbosari G.Aminova, tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori S.Xudoyqulova hamda tumanning xotin-qizlar faollari bilan birgalikda Probatsiya bo‘limi hisobida turuvchi, muqaddam sudlangan xotin-qizlar, g‘ayriijtimoiy hulq-atvordagi voyaga yetmaganlar hamda ularning ota-onalari, o‘qituvchi va psixologlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Tashkil etilgan uchrashuv davomida, ushbu toifadagi xotin-qizlarning muammolari o‘rganilib, ularga ijtimoiy hamda huquqiy yordamlar ko‘rsatish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Text to speech