Sherobod tumanida ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolari ishtirokida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan 2024 yil
15 fevral kunida tasdiqlangan reja dastur asosida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar
organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat
intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, kelgusida xodimlar tomonidan sodir etilishi
mumkin bo‘lgan qonunbuzilish holatlarini oldini olish maqsadida, bugun Sherobod
tumanidagi Madaniyat uyi binosida viloyat ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati va Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik
bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ullari bilan hamkorlikda
joriy yilning 20 fevral kuni
Sherobod tumani IIBda xizmat olib borayotgan xodimlar hamda ularning oila a’zolari
ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv avvalida, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
podpolkovnik Shadiev Sherzod Fayzullaevich so‘zga chiqib, bugungi kunda ichki ishlar
organlari xodimlarining harbiy-vatanparvarlik tuyg‘usini, ma’naviy saviyasini va
intellektual salohiyatini yuksaltirishni ta’minlash, ularda mamlakatimizning qadimiy
va boy madaniyati, azaliy qadriyatlari, udumlari va an’analariga asoslangan keng
dunyoqarashini yanada shakllantirish yuzasidan bir qator manzilli ishlar amalga
oshirib kelinayotganligini, ammo ba’zi bir xodimlar ushbu yaratilayotgan shart-sharoitlardan
unumli foydalanmasdan hozirgi kunda xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etmasdan
javobgarlikka tortilib ketayotganligini qayd etdi.
Shuningdek, kelgusida xodimlarimiz jonajon O‘zbekistonimizda hukm surayotgan
tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik muhitini ko‘z qorachig‘idek
asrab-avaylash, bunday bebaho boylikni muttasil mazmunan boyitib borish, O‘zbekiston
taraqqiyoti yo‘lida bir mushtga jipslashib, davlatimiz rahbariga tayanch va suyanch
bo‘lib xizmat qilish, kelgusi avlodlarni shu ruhda kamol toptirish muqaddas burch
ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuv davomida 2023 yil davomida viloyat ichki ishlar organlari xodimlari
tomonidan sodir etilgan salbiy hamda ijobiy holatlar asosida tayyorlangan videofilm
xodimlarning kelgusi xizmat faoliyatlarida o‘zlariga tegishlicha to‘g‘ri xulosa
chiqarishlari uchun yig‘ilganlarning e’tiboriga namoyish etildi.
Namoyish etilgan film yakunida Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik
bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik
Samandarov Qudrat Bazarbaevich, Sherobod tumani ichki ishlar bo‘limi Faxriylar kengashi
raisi istefodagi podpolkovnik Shaymuradov Iskandar Ibragimovichlar so‘zga chiqishib,
namoyish etilgan ushbu videofilmdan har bir xodim o‘ziga tegishlicha xulosa chiqarib
olishlari, to‘g‘rsida ta’kidlab o‘z fikr mulohazalarini uchrashuv ishtirokchilariga
bildirib o‘tishdi.
Tadbir so‘ngida
xizmat faoliyati davomida ijobiy natijalarga erishib hamkasblariga o‘rnak bo‘lib
kelayotgan bir guruh xodimlarning ota-onalariga viloyat ichki ishlar boshqarmasi
boshlig‘ining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.