Sherobod tumanida “Xavfsiz hudud” maxsus-tezkor profilaktik tadbiri o‘tkazildi.
Sherobod tumanida tungi reyd tadbrlari o‘tkazilmoqda
tadbirda, tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, tuman Ichki ishlar bo‘limi va boshqa
tegishli tashkilot xodimlari tomonidan profilaktik targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.
“Xavfsiz hudud" profilaktik tadbiri doirasida xizmat
oldi yo‘riqnomasi o‘tkazilib, hududni "qizil toifa"dagi mahalladan chiqarish
bo‘yicha profilaktik ishlarni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.
Shundan so‘ng, tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya
hisobida turgan nazoratdagi shaxslarning yashash xonadonlariga borib, ular bilan
profilaktik suhbat o‘tkazish, shuningdek ko‘ngil ochar maskanlar, bozor hududlarida
jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Jamoat tartibini saqlash,
fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini
olishga yo‘naltirilgan profilaktik tadbirlar davom etmoqda.