Sherobod tumanida yoshlarning muammolari manzilli o‘rganilmoqda
2024 yil 13 yanvar
kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Surxondaryo viloyati
Ichki ishlar boshlig‘ining 2024 yil 15 fevral kunidagi tegishli buyruqlariga asosan
Ichki ishlar organlari rahbarlari tomonidan otaliqqa olingan 1 million yoshlar bilan
ishlash tartibi va mexanizmlari belgilanib, ular bilan manzilli ishlash maqsadida
7 ta toifaga ajratilgan holda ishlar tashkil qilinmoqda.
Shu asosda viloyat
IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi mas’ul
xodimlari tomonidan Sherobod tumanidagi “Oltinvoha” mahallasida istiqomat qiluvchi
yoshlar hamda tumandagi 38 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim olayotgan
yoshlar ishtirokida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Shundan so‘ng mahalla yettiligi hamrohligida xorijiy davlatlarga turli sabablar
bilan ketib uzoq muddatdan qaytib kelgan ishsiz yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilib,
ularning muammolari o‘rganildi. Oltinvoha mahallasidagi o‘rganishlar davomida ijtimoiy
himoyaga muhtoj voyaga yetmaganlar bilan manzilli ishlar olib borildi.