5 Noyabr 2024 yil 541

Sherobod tumanida “Anor sayli” o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va horijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 135-sonli qarori ijrosi yuzasidan Sherobod tumanida “Anor sayli” o‘tkazildi.

Shuningdek, “Eng mazali anor sharbati – 2024”, “Eng mazali anor navi”, “Eng katta anor – 2024”, “Eng chiroyli anor tozalash” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib san’atkorlarning konsert dasturi namoyish etildi.

Ushbu tadbirda turizm sohasiga aloqador barcha mutasaddi idoralar va mahalliy sayyohlar ishtirok etishdi.

Tashrif buyurgan mehmonlarga viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan sayyohlar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida tegishli ma’lumotlar ham taqdim etildi.

Text to speech