11 Oktyabr 2025 yil 64

Sherobod tumanida ham profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

Sherobod tumanidagi 27-umumta’lim maktabida o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida maxsus profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbir “Davomat” hamda “Tig‘” loyihalari doirasida tashkil etilib, uning asosiy maqsadi jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, yoshlar ongida huquqiy madaniyatni mustahkamlash hamda ularni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirishdan iboratdir.

Tadbir davomida o‘quvchilarga qonunlarga hurmat, intizom, axloq-odob qoidalariga rioya qilish, internet tarmoqlaridan to‘g‘ri foydalanish, shuningdek, ta’lim jarayonidagi davomati va faolligini oshirish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Ota-onalarga esa farzandlar tarbiyasida oilaviy muhitning ahamiyati, bolalar bilan muntazam muloqotda bo‘lish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish zarurligi haqida tavsiyalar berildi.

Bunday tadbirlar yoshlar orasida huquqbuzarliklarni kamaytirish, ularning sog‘lom dunyoqarashini shakllantirish hamda mas’uliyat hissini oshirishga xizmat qiladi.

Text to speech