Sherobod tumani hokimligi binosida mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Sherobod tumani hokimligida tuman "mahalla yettiliklari" a’zolari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 30.11.2024-yildagi 801-sonli qarori ijrosini o‘rganish natijalari, 18.03.2025-yildagi PQ-111-sonli qaror ijrosi uchun mas’ul bo‘lgan idora, muassasa va tashkilotlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tumanning II-chorakka mo‘ljallangan "Yo‘l
xaritasi" ijrosi bo‘yicha erishilgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar
muhokama qilindi. Shuningdek, sustlikka yo‘l qo‘ygan mas’ullarga nisbatan qo‘llanilgan
ta’sir choralari haqida ma’lumot berildi.
Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli, Vazirlar Mahkamasining 801-sonli qarorlari ijrosida namuna bo‘lgan "mahalla yettilik" va tuman prokuraturasi huzurida tashkil etilgan shtab a’zolari hamda tashkilotlar xodimlariga Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.