21 May 2024 yil 401

Sherobod tumani IIBda “Sayyor sud” tashkil etildi.

Sherobod tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudi raisi O.Tog‘aev, Tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari S.N.Safarov ishtirokida Sherobod tumani IIB ma’muriy binosida sayyor sud yig‘ilishi o‘tkazildi. 

Sudda insonparvarlik tamoyiliga tayanib, Sherobod tuman ichki ishlar bo‘limi jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi hisobida turib, haqiqatda mehnatga halol munosabatda bo‘lgan va jazo o‘tashning tartib qoidalariga rioya qilib, tuzalish yo‘liga o‘tgan, sudlar tomonidan o‘rnatilgan taqiq va cheklovlarga to‘liq rioya qilgan hamda o‘zining xulqini ijobiy tomonga o‘zgartirgan 5 nafar shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

Shuningdek, sud raisi tomonidan ishtirokchilarga qonunchilikdagi o‘zgartirishlar va sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan yangiliklar borasida ma’ruzalar qilinib, mahkumlarning fikr va mulohazalari tinglandi.

Text to speech