10 Mart 2024 yil 662

Sherobod tumani IIBda 3-sektor hududidagi yoshlari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

     Prezidentimizning 92-sonli qarori ijrosi va Vazirlar Maxkamasining 312-sonli qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 16-sonli bo‘yrug‘i asosida, Sherobod tumani IIB boshlig‘i 3-sektor  rahbari podpolkovnik  N. N. Narzullaevning tashabbusi bilan  3-sektor hududidagi   yoshlari bilan  tuman Ichki Ishlar bo‘limida  sumalak sayli, madaniy-ma’rifiy tadbiri  tashkil qilindi.

Uchrashuv davomida, yoshlar bilan  suhbat o‘tkazilib, ularning muammolari, takliflari tinglandi. Kelajakda o‘quvchi yoshlarning o‘zlari qiziqqan kasb egalari bo‘lishlari uchun nimalarga e’tibor berishlari, ko‘proq kitob o‘qishi, xorijiy tillarni o‘rganishlari kerakligi to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Tadbirda 3-sektor rahbari tomonidan otaliqqa olingan uyushmagan yoshlar gulxan atrofida vatanparvarlik ruxidagi kuy-qo‘shiqlar tinglashdi. Yoshlarga oid davlat siyosati hamda besh tashabbus doirasida san’at va sport yo‘nalishida ko‘rik tanlov o‘tkazildi.

Tadbir davomida bahor taomlaridan sumalak pishirildi yoshlar va sektor rahbarlari tomonidan yaxshi niyat bilan kovlanib yurtimiz tinchligini va farovon hayotimiz uchun shukronalar aytildi.

Text to speech